Vidich: "Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri, ammo klub tanlashda adashgan"
07 jan 2023 11:53
Yangiliklar


Vidich: "Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri, ammo klub tanlashda adashgan"
Nemanya Vidich Virjil van Deykni dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb biladi.
"Van Deyk – dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri. U jismoniy jihatdan va havoda yaxshi. U katta qobiliyatga ega.
Uning "Seltik"dagi o'yinlarini ko'rganman, hozir futbolchi sifatida ancha o'sdi. Uning yaxshi jamoada o'ynashi ham qo'l keladi. Yagona kamchiligi sifatida klub tanlashda adashganini ko'rsata olaman", – dedi "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi.
31 yoshli van Deyk joriy mavsum APLda 17 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar