So’nggi yangiliklar

22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  0 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  2 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  13 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  4 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  117 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5

Videoyozuvga nisbatan “Navbahor” vakillaridan munosabat Yangiliklar

Videoyozuvga nisbatan “Navbahor” vakillaridan munosabat

Teglar :  Navbahor Paxtakor
Xabaringiz bor, bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Coca Cola Superliga 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa kiyinish yo'lakchasida yuz bergan hodisalar bo'yicha videoyozuv tarqaldi.

Unda asosiy aybdor sifatida “Navbahor” vakillari ko'rsatilishgandi. Mazkur hodisa bo'yicha jamoamiz vakillari o'z fikrlarini bildirishdi.  

Mustafo Bayramov (“Navbahor” klubi texnik direktori):
- “Paxtakor” bilan o'yinda Sardor Rashidov yiqilgan payt hakam o'yinni davom ettirishni ko'rsatganida, “Paxtakor” murabbiyi Gocha Tkebuchava to'rtinchi hakamning yoniga yugurib borib, unga bosim uyushtirishga urindi, u bu qilig'i bilan nafaqat hakam, balki tribunadagi muxlislarni ham provokaciya qildi. Men uning yoniga borib, buning noto'g'riligi, joyiga o'tirib olishi kerakligini aytdim. SHuningdek, zaxira o'rindig'ida o'tirgan Eldor Suyunov ham o'zini noto'g'ri tutdi, quyushqondan chiqdi. Zaxira hakamiga murojaat etib, ularni tinchlantirishini so'radim. Hakamlar va komissar joyimga o'tirib olishim kerakligini aytishgandi, ularning aytganini qildim. O'yin yakunlanganidan keyin tribunaosti yo'lakchasiga kirib ketayotganimizda, “Paxtakor” futbolchilari birinchi bo'lib har xil nojo'ya qiliqlar, kurakda turmaydigan haqoratlar bilan atrofdagilarga provokaciya qilishga urinishdi. Ularni tinchlantirishga urinib, tezroq kiyinish xonasiga kirib ketishlari kerakligini aytdim. Vaziyatni tushunib turgandik, hammasi xotirjam tarzda, og'ir-bosiqlik bilan hal qilinishini xohlagandik.

SHu va o'yinga taalluqli boshqa omillar bo'lmaganida, biz ham hech kimga etiroz bildirmasdik.

 SHerzod Jo'raev (“Navbahor” jamoasi murabbiyi): - Assalomu alaykum! Avvalambor, barchani yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. “Paxtakor” bilan o'yindan keyin ro'y bergan voqealar haqida xolisona gapiradigan bo'lsam, uchrashuv yakunlanganidan so'ng, “Paxtakor” futbolchilarining kiyinish xonasiga kirib ketayotganda gapirgan xunuk gaplariga hech kim chidab turolmasdi. Aslida, provokaciyani “Paxtakor” futbolchilari boshlashdi, ularning ko'pchilikning onasini so'kkanini o'z qulog'im bilan eshitdim, buni raqib jamoa azolari ham eshitishdi. Bundan tashqari, “Paxtakor” futbolchilaridan biri: “Bular odammas” deganini ham eshitdim. Tabiiyki, bunday haqoratli gaplar hech kimga yoqmaydi va bunga chidab turish osonmas. Futbolimiz bosh tashkilotidagi mutasaddilardan, albatta, shu holatlarni ham inobatga olishlarini so'rab qolamiz.

Azimjon Ahmedov (“Navbahor” jamoasi sardori): - O'sha o'yindan keyin kiyinish xonasiga kirib ketayotganimda, tribunaosti yo'lakchasida qandaydir baqiriqlar eshitildi.Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, qarasam, “Paxtakor” futbolchilari haqorat qilishgani uchun o'sha erda turgan jamoamizning ayrim vakillari ularga etiroz bildirishayotgandi. Jamoa sardori sifatida ularni tinchlantirish maqsadida, ajratishga harakat qildim.

CHunki “Paxtakor”da ko'plab do'stlarim bor. Ammo ayrim ijtimoiy tarmoqlarda men haqimda turli isbotsiz gaplar yuribdi, yani, go'yoki men maydonda emas, o'sha janjalli vaziyatda o'zimni ko'rsatgan emishman. Bular bo'lmag'ur gaplar hamda o'sha vaziyatda har ikki tomonni tinchlantirishga intildim.

Ivan Solovyov (“Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi):
- O'yindan keyin kiyinish xonasiga kirib ketayotganimda, raqib futbolchilari tarafidan muxlislar shaniga turli haqoratli so'zlar yangradi. Albatta, bu so'zlar har qanday kishining hamiyatiga tegishi, jahlini chiqarishi aniq edi. SHu bois, men raqib jamoa azolariga o'z etirozimni bildirdim. SHundan so'ng, o'sha erda turgan jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari barchani tinchlantirishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика