So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

VIDEO. Oston O'runovning birinchi murabbiyi nimadan xafa? Yangiliklar

VIDEO. Oston O'runovning birinchi murabbiyi nimadan xafa?

Ayni vaqtda Moskvaning “Spartak” jamoasida to'p tepayotgan ushbu iqtidorni ko'pchilik “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi va aynan ushbu maktabdan etishib chiqqan deb biladi.

Qadrli do'stlar bugun biz Rossiya yashil maydonlarida to'p tepib kelayotgan, ko'pchilik futbol mutaxassislari-u taniqli jurnalistlari tilidan qolmayotgan, o'zning ajoyib driblingi va kuchli zarbalari bilan rossiyalik muxlislarni o'ziga rom etib olgan o'zbek yigiti Navoiy zaminida tug'ilib o'sgan, bugungi kunda kelajagi porloq deb aytilayotgan yosh istedod Oston O'runov haqida so'z yuritamiz.




Ayni vaqtda Moskvaning “Spartak” jamoasida to'p tepayotgan ushbu iqtidorni ko'pchilik “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi va aynan ushbu maktabdan etishib chiqqan deb biladi. Aslida esa Oston futboldagi dastlabki saboqlarini o'zi tug'ilib o'sgan Navoiy viloyatida olgan. Birinchi murabbiyi hozirgi vaqtda ham murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgan “Qizilqum” PFKga qarashli bolalar va o'smirlar futbol maktabi murabbiyi Abduhalil aka Inoyatov.

Biz Karmana tumanida joylashgan ushbu futbol maktabiga tashrif buyurib, qahramonimiz Oston O'runovning birinchi murabbiyi Abduhalil aka bilan uchrashdik. U kishi bilan Oston O'runovni futbolga kirib kelishi, uni futbolga kim olib kelgani, futbolga bo'lgan mehri, mashg'ulotlardagi xatti-harakatlari hamda “Paxtakor” akademiyasiga qanday borib qolgani haqida suhbat olib bordik. Keling bu haqida hozir o'zlaridan eshitsak...

Abduhalil Inoyatov: Oston O'runov 7 yoshidan maktabga va to'garaklarga qatnashib, 9 yoshida futbolga dadasi Rustam O'runov olib kelganlar. O'sha vaqtlar Navoiy shahridagi 6-maktabdagi qumlik maydonda mashg'ulot o'tganmiz. U o'zining o'yinga chanqoqligi va tezkor xarakatlari bilan o'zini ko'rsatgan. Karmana tumanida BO'FM ochilgandan so'ng shu maktabga murabbiylikka meni Oybek Jumanazarov taklif qildilar va 1998 yil yosh toifasi murabbiyi sifatida ishlay boshladik. SHu terma jamoa bilan Oston O'runov o'zidan 2 yosh katta bolalar bilan shug'ullanib, ushbu terma o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etib o'zini ko'rsatgan. So'ng 2000 yillar o'rtasida maktab birinchiligi o'tkazilib terma jamoa shakllantirilganda Oston 140 nafar tarbiyalanuvchilar orasidan jamoa sardori bo'lib saylangan. SHuningdek ushbu jamoa bilan bir nechta Respublika birinchiliklarida qatnashib, sovrinli o'rinlarga ega bo'lgan. 2012 yilda esa O'runov “Paxtakor” akademiyasi murabbiylari nazariga tushdi va ushbu maktabga kirdi. Barchangiz bilasiz “Paxtakor” o'rinbosarlar jamoasida, “Navbahor” jamoasida o'ynab, Rossiyaning "Ufa" jamoasida to'p tepib, hozirda “Spartak” jamoasida harakat qilib kelmoqda. O'yini yaxshi ochilib bormoqda. Biz bundan xursandmiz. Ahmad aka Hamidov hamda To'lqin aka Turnazarov 2000 yillar terma jamoasidagi murabbiylari bo'lishgan. Ostonning o'sishiga ularning ham xissasi qo'shilgan. Barcha murabbiylar nomidan Ostonning futbolchilik faoliyatiga omad tilab qolamiz. Yana ham o'zini xar tomonlama ko'rsatib barcha muxlislarini xursand qilsin.

Abduhalil aka aytishlaricha Oston O'runov bir necha yillar BO'FM jamoalarida to'p tepib kelgan. Bir qancha musobaqalarda ham ishtirok etishga ulgurgan. Yana shuningdek u BO'FMning o'z yosh toifasi 2000 yillar terma jamoasi sardori bo'lgan. Biz tashrifimiz chog'ida Oston O'runovning yana bir murabbiyi BO'FM 2000 yillar terma jamoasi murabbiylaridan biri Ahmad aka Hamidov bilan ham shogirdi borasida suhbat olib bordik...

Ahmad Hamidov: Futbol maktabida o'quvchilarni tayyorlash jarayoni ancha qizg'in tarzda bormoqda. Ko'p yillar davomida ancha o'quvchilarimiz o'zini ko'rsatib professional jamoalarda to' surishmoqda. Misol tariqasida aytadigan bo'lsak 2000 yilda tug'ilgan maktabimiz terma jamoasida T.Turnazarov bilan birgalikda 5 yil davomida faoliyat olib bordik. Ular orasida juda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor edi. SHulardan bittasi Oston O'runov. U xozirda Moskvaning “Spartak” jamoasida xarakat qilmoqda. O'zimizda O'zbekistonda o'ynab o'zini ko'rsatdi. SHuning uchun ham “Spartak” jamoasidan talab bo'ldi va olib ketishdi. SHuningdek "Ufa" jamoasida ham o'ynadi. Demak bu bolani biz yaxshi tayorlagan ekanmiz. Lekin bizning ushbu mehnatlarimizni xech kim inobatga olmadi. Nima uchundir Ostonning intervyusimi yoki jurnalistlarning o'ylab topgan gapimi haligi “Paxtakor”ning selekcioner murabbiylari topganmish. Biz 10-15 yil ichida selekcioner degan odamni ko'rganimiz yo'q. Oston O'runovni T.Turnazarov bizning va otasining iltimosi bilan Toshkentga 4 marotaba qatnab, qachonki Samvel Babayanning nazari tushib, o'shandagina uni “Paxtakor” akademiyasiga qabul qilishgan. Bu xaqida nima uchundir xech kim gapirmadi. Murabbiylar xech qachon mehnatiga achinmaydi balki qadriga achinadi. CHunki bolalarni shuncha tarbiyalab yana ularni xech kim eslamaydi. Birinchi bo'lib bolani A.Inoyatov kashf qilgan va topgan. Biz esa uni 2000 yillar terma jamoasiga jalb qildik. 5 yil davomida uni bormagan viloyati qolmadi. Unga maydon qanday xarakat qilish kerakligi hamda jamoaviy o'ynashni o'rgatdik. Lekin Turnazarov va Hamidovni hech kim eslamaydi. Mana shu odamga biroz alamli. Baribir biz Oston O'runovga omad tilaymiz. Juda yaxshi yurtimiz sharafani ko'tarmoqda. Yaqindagina yana bir gol urib yana ham bizni xursand qildi. Man o'ylaymanki kelajakda bundanda yaxshi o'yinlarni ko'rsatib terma jamoamizda o'ynab o'zini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli farmoyishi chiqqandan so'ng endi joylarda etishib chiqayotgan yosh istedodlarning dastlabki murabbiylariga ham etibor qaratiladigan bo'ldi. Albatta ustoz otangday ulug' degan gap bor xalqimizda. Albatta bu insonlarni qancha ulug'lasak shuncha kam. Biz o'ylaymizki ushbu ijodiy ishimiz ekran yuzini ko'rgach shogirdlar o'z ustozlarini xolidan xabar olishadi, bazi qo'shtirnoq ichidagi jurnalistlar esa yolg'on malumotlar berishda extiyot bo'lishadi. Bu xaqiqat Oston O'runov aynan Navoiy viloyati farzandi va futboldagi ilk saboqlarini ushbu zaminda olgan. Buni esa hech kim o'zgartira olmaydi. Biz avvalo barcha ustozlarimizga rahmat aytib qolamiz. O'zbek futboliga esa mana shunday iqtidorlarni etkazib bergan va berayotgan murabbiylarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Oston O'runovning esa futbolchilik faoliyatiga faqat va faqat omad tilab qolamiz. Uning kelajagi porloq navoiyliklar bunga ishonadi.




SHahboz G'ulomov championat.asia saytining Navoiy viloyatidagi muxbiri, Navoiy viloyati futbol associaciyasi matbuot kotibi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика