So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Viarejodagi karnavalda Ronalduning ulkan haykali namoyish etildi Yangiliklar

Viarejodagi karnavalda Ronalduning ulkan haykali namoyish etildi

Viarejo karnavali - Italiyadagi eng qiziq bayramlardan biri. Ushbu tadbirda shahar bo'ylab yirik qo'lbola haykallar harakatlanadi.

Karnavalda jahondagi ijtimoiy muammolar mavzusida haykallar yaratiladi. Bu yil asosiy mavzular atrof-muhit, muhabbat va zamonamiz ramzlari bo'ldi.


Ayni damda zamonamiz qahramoni, sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri, Instagram qiroli va Italiya chempioni kim? To'ppa-to'g'ri, Krishtianu Ronaldu. Uning ulkan haykali Viarejo ko'chalaridan olib o'tishdi.

Bir qarashda Krish temirdan tayyorlangan deb o'ylashingiz mumkin, ammo unday emas, bu haykalni yasash uchun shaklini o'zgartirish oson bo'lgan maxsus qog'oz va kartondan foydalanilgan. Haykal Ronalduning barcha mashhur harakatlarini takrorlashi va xatto og'zini ochishi mumkin. Yaratuvchilar bu qaysi mavzuda ekanligini ko'rsatish uchun IDOL so'zini qo'shib qo'yishdi.

Agar ushbu yirik Krishtianuni ko'rishni istasangiz hali ham sizda bu imkoniyat mavjud. Uni 15, 20, 23 va 25 fevral kunlari Viarejo ko'chalariga olib chiqishadi. Ronaldu bilan birga Gretta Tunberg va Donald Tramp haykallari ham karnavaldagilarga namoyish etiladi.


Viarejo (Florenciyadan 100 km uzoqlikda) karnavali 1873 yildan beri o'tkazilib kelinadi. O'sha yillarda o'ziga to'q, boy insonlar karnaval aravalarida ko'chalarda sayr qilishni xohlashgan edi. Kambag'allar esa vaziyatdan foydalanib qolish uchun kiyimini o'zgartirib, mahalliy "millionerlar" va siyosatchilar ustidan kulishgandi.


Karnaval yuqori kayfiyatda o'tgani uchun shahar hukumati g'oyani qo'llab-quvvatlashgan. Joriy yil 147-karnaval o'tkazilmoqda. Festival ramzi - masharaboz Burlamakko. Ushbu qahramon 1930 yil rassom Umberto Bonetti tomonidan o'ylab topilgan.


Futbol mavzusi Viarejoga begona emas: 2006 yilda ko'chalarda jahon kubogini ko'targan Marchello Lippi haykali olib o'tilgan. Etiboringizga ushbu karnavalda namoyish etilgan boshqa haykal suratlarini taqdim etamiz.






Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика