Veynaldum: "Bolaligimdan "Barsa" muxlisiman, ammo PSJ..."
23 iyu 2021 10:10
Yangiliklar
Veynaldum: "Bolaligimdan "Barsa" muxlisiman, ammo PSJ..."
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum PSJga o'tganidan so'ng "Barselona" haqidagi savolga javob berdi.
"Tanlov qiyin bo'ldi. Men bolaligimdan "Barselona"ga muxlislik qilardim. Biz muzokaralar olib bordik, barchasi yaxshi ketayotgandi, men shuningdek PSJ va boshqa klublar takliflarini ham ko'rayotgandim.
Bundan tashqari, PSJ biz bilan "Barsa"ga qaraganda ertaroq aloqaga chiqqandi. Biz bazi masalalarni muhokama qilgandik, ammo bular to'liq muzokara emasdi.
"Barsa" menga qiziqa boshlaganidan so'ng PSJ qaytdi. Men Leonardo, keyin esa Pochettino bilan gaplashdim, uni "Tottenxem" orqali bilaman. U bungacha ham meni o'z jamoasiga taklif qilgandi.
Pochettino menga PSJ loyihasi haqida gapirib berdi. SHundan so'ng muzokaralar boshlandi. Ular men bilan shartnoma tuzish uchun barcha ishni qilishdi", - dedi Veynaldum.
Fikrlar