So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  3 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  31 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  43 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

O'zbekiston U-23 Osiyoni zabt etdi! Yangiliklar

O'zbekiston U-23 Osiyoni zabt etdi!

Osiyo chempionatining finali doirasidagi Vetnam U-23 va O'zbekiston U-23 o'rtasidagi o'yinni shu sahifada kuzatib boring.

U-23 Osiyo chempionati
Final

27.01.2018
CHangzou, Xitoy
Vetnam U-23 - O'zbekiston U-23 1:2
Gollar:
Nguen Kuang Xai 41 - Rustamjon Ashurmatov 8, Andrey Sidorov 119,

Vetnam U-23: 1.Bui Tien Dung, 2.Pxam Xuan Man, 4.Bui Tien Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Xpam Duk Xuy (Xa Duk CHin, 57), 10.Nguen Kong Pxuong (20.Bui Tien Dung, 80), 11.Do Duy Man, 14.Pxan Van Duk (7.Nguen Xong Duy, 109), 17.Vu Van Tan, 19.Nguen Kuang Xai, 21.Tran Din Trong.

O'zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobur Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboev (16.Doniyor Narzulaev, 46), 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidorov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Jasurbek Yaxshiboev 10, Odiljon Hamrobekov 34,  20.Bui Tien Dung 101, Dostonbek Tursunov 110, Do Duy Man 110,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


120. G'ALABAAAAAAAAAAAAAAAA! BIZ CHEMPIONMIZ! 

119. Burchak to'pidan so'ng hozirgina maydonga tushdi Sidorov to'pni darvozaga yo'lladi!

119. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ANDREEEEEEEEEEEEEY SIDOROOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 1:2

118. O'zgarish. Javohir Sidiqov o'rniga Andrey Sidorov tushdi

115. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayat! Vetnamning qarshi hujumi! Xpam Duk Xuyning bosh bilan yo'llagan zarbasi juda xavfli chiqdi!

110. Ogohlantirishlar. Dostonbek Tursunov va Do Duy Man

108. O'zgarish. Vetnam. Pxan Van Duk o'rniga Nguen Xong Duy tushdi

106. Oxirgi taym boshlandi


105. Birinchi qo'shimcha taym tugadi

103. O'zgarish. Abbosjon Otaxonov o'rniga Bobur Abdixoliqov tushdi

101. Ogohlantirish. Bui Tien Dung

100. Vetnam futbolchilari ancha faollashib qolishdi. To'pni ularga bermaslik kerak iloji bo'lsa

98. Xavfli vaziyat! Vetnamliklar jarima to'piga ega bo'lishdi, shukurki to'p noaniq ketdi

95. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! Raqib posboni yana to'pni qaytarishga erishdi!

91. Birinchi qo'shimcha taym boshlandi


Vetnam poytaxti Xanoy shahridagi "May Din" stadionidagi hozirgi muhit

90+2. Ikkinchi taym yakuniga etdi. Endi 15 daqiqadan ikki taym guvohi bo'lamiz 

90. Ikkinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

89. To'p bilan muomala qilishda ustunlikka egamiz: 64:36 foiz

87. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Doniyor Narzullaevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sidiqov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni egalab oldi. 

86. Ushbu o'yndagi gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda ko'rish va ko'chirib olish mumkin. KANALGA O'TISH 

85. ZARBAAAAAAAAAAA! Sidiqovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

82. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Komilovning chap qanotdan uzatgan to'pini darvozabon qaytardi, Zabihillo O'rinboevning zarbasi noaniq ketdi!

80. O'zgarish. Nguen Kong Pxuong o'rniga Bui Tien Dung

76. Burchak to'pini vetnamliklar qaytarishdi

75. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Akrom Komilov chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p esa to'g'ri darvozaga yo'naldi, darvozabon qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

71. Bu safar Dostonbek Hamdamov jarima maydonida yiqildi, hakam bu safar ham jim

62. Javohir Sidiqov raqib jarima maydoni ichda yiqildi, ammo hakam bu safar ham penalti belgilamadi

57. O'zgarish. Vetnam. Xpam Duk Xuy o'rniga Xa Duk CHin tushdi

57. Tashabbus O'zbekiston tomonida. Vetnam esa payt poylab qarshi hujumda o'z omadlarini sinab ko'rishmoqchi.

53. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Javohir Sidiqovning zarbasini darovzabon qaytardi! Daxshatli vaziyat edi!

50. CHap qanotdan Hamdamov oldinga o'tdi va to'pni sherigiga uzatdi, O'rinboev esa zarba bera olmadi

47. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Dostonbek Hamdamovning zarbasini darvozabon qaytardi!

46. O'zgarish. Jasurbek Yaxshiboev o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi


Ikkinchi taym 14:50da boshlanadi. 

Ayni paytda Vetnam - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tayotgan stadionni qordan tozalash ishlari davom etmoqda. Ikkinchi bo'lim 15 daqiqadan keyin boshlanadi.


Ikkinchi taymda jamoamiz oq emas, ko'k formada o'tkazadi. Bunga sabab qor ham oq rangda ekanligida))

Ikkinchi taymda sizlardan yana gollar kutib qolamiz.


Ikkinchi taym boshlanishiga oz qolmoqda. Stadion xodimlari maydondagi qorni kurab chiqishmoqda


Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob - 1:1.

45+2. Doston Hamdamovning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq.

45. To'xtalishlar ko'p bo'lgani bois hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.

41. Gol, Vetnamning ushbu musobaqadagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turgan 19 raqamdagi Nguen Xai jarima zarbasidan Botirali Ergashev darvozasini ishg'ol qildi.

37. Azizjon G'anievning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

34. Odil Hamrobekov bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.

32. Zabihillo O'rinboevga nisbatan ishlatilgan qo'pollikka qaramay bosh hakam penalti belgilamadi.

26. Musobaqa tashkilotchilari maydon chiziqlarini tozalab chiqishmoqda.

10. Ogohlantirish. Jasurbek Yaxshiboev. 

8. Dostonbek Hamdamovning burchakdan oshirgan to'pini Ashurmatov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1. 

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RUSTAMJOOOOOOOOOOOOOOOOOOON ASHURMATOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 

4. Maydon qor bilan qoplangan. Futbolchilar bunday sharoitda o'ynashga qiynalishlari turgan gap

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi

Reyting: +375   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика