So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  0 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

OCH-2018. O'zbekiston yarim finalda Yangiliklar

OCH-2018. O'zbekiston yarim finalda

Futzal bo'yicha OCH-2018 chorak finalidan o'roin olgan Vetnam – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Bahodir Ahmedov boshchiligidagi vakillarimizning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Endi O'zbekiston yarim finalda Eronga qarshi bahs olib borishadi.

Futzal bo'yicha OCH–2018
CHorak final
, 08.02.2018
"Xinzhuang Gymnasium"
Vetnam – O'zbekiston 1:3
Gollar
: P.T.Luan 29 - M.Odilov 9, D.CHoriev 29, I.Hamroev 39

Vetnam (birinchi beshlik): 1.Ngo Din Tuan, 4.Ko Tri Kiet, 5.Ngo Ngog Son, 8.Vu Kuos Hung, 10.Vu Duk Tung.
Zaxira: 2.Nguen Van Hay, 3.Li Kuos Nam, 7.Pung Trong Luan, 9.Tran Tai Hay, 11.CHu Van Ten, 12.Kong Din Hung, 13.Din Van Toan, 14.Nguen Dak Hay.

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 11.Artur Yunusov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 4.Ixtiyor Ropiev, 9.Davron Abdurahmonov, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod SHavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov, 10.Davron CHoriev.

Ogohlantirish: D.Rahmatov 2



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston yarim finalda! Bizning yigitlar Vetnamni qorli ochiq maydonda ham taslim etishgan edi, mana bugun yopiq zalda ham vetnamliklar mag'lub etildi. Oxirgi oyda o'zbekistonliklar vetnamliklarning tushlari kirib chiqayotgan bo'lsa ajab emas :).


40 - Bizni yarim finaldan yarim daqiqa ajratib turibdi.

39 - Goooooooollllll, Ilhomjon Hamroev bo'sh qolgan darvozani uzoqdan aniq nishonga oldi - 1:3.

39 - Migel Rodrigo taym-aut oldi.

39 - Vetnam o'ynovchi darvozabon bilan bosimni kuchaytirmoqda.

37 - Bahodir Ahmedov taym-aut oldi.

37 - Zarbaaa, Artur Yunusovning bo'sh darvozaga yo'llagan zarbasi aniq borishi uchun bir necha santimetr etmadi.

36 - Rahmatovning xatosidan keyingi zarbani Umarov qaytardi, barakalla Rustam!

36 - Migel Rodrigo o'ynovchi darvozabonni maydonga tushirdi.

35 - Zarbaaa, avvaliga Sviridovning zarbasini darvozabon qaytardi, keyin esa CHorievning zarbasi noaniq ketdi.

33 - Zarba, Rustam Umarov bizni muqarrar goldan qutqarib qoldi.

32 - Ikkinchi to'rtlikda Davron Abdurahmonovning o'rniga Dilmurod SHavkatov o'ynamoqda.

31 - Umarov raqibning jarimadan bergan zarbasini qaytardi.

29 - Gol, vetnamliklar CHorievning goliga 30 soniya ham o'tmay javob berishdi.

29 - Goooooooollllllll, Davron CHorievvvv, aqlli zarba va shedevr gol. Himoyachi va darvozabonning xatosidan so'ng Davron to'pni raqiblar ustidan tushirib qo'ydi.

28 - CHoriev to'pni oldirib qo'ydi va keyin qoidani buzdi.

28 - Vetnam uchrashuvda faollikni oshirdi.

26 - Abdumavlonov raqibni yiqitdi.

24 - Konstantin Sviridovning zarbasi noaniq.

22 - Tray Hayning zarbasi noaniq.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bo'limni ikkinchi to'rtligimiz boshlab berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob - 0:1.

20 - Birinchi bo'lim yakunlanishiga 10 soniya qolganda Bahodir Ahmedov taym-aut oldi. Maqsad - standartni to'g'ri amalga oshirish.

20 - Abdumavlonovning zarbasini darvozabon qaytardi.

19 - Zarbaaa, sardorimiz Artur Yunusovning to'xtatmasdan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

19 - Zarba, Umarov darvozamizni goldan qutqarib qoldi, qoyil.

Migel Rodrigo taym-aut oldi.

18 - Sviridovning chiroyli pasidan keyin Rahmatov bergan zarbaga ozgina aniqlik etishmadi.

17 - Davron Abdurahmonov kutilmaganda mumkin bo'lmagan joyda Umarovga pas berdi, o'tgan safar mana shunday xatomizdan keyin yaponlar birinchi gollarini kiritishgan edi.

16 - O'yin tempi yuqori.

15 - Davron Abdurahmonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

14 - Bizda ikkinchi to'rtlik tushdi

13 - Luanning zarbasini darvozabonimiz ushlab oldi.

12 - Trong Luan avvaliga Ayudurahmonovdan, keyin Hamroevdan o'tib ketgan joyda yordamga CHoriev keldi va xavfni bartaraf etdi.

10 - Ikkinchi to'rtligimiz ancha faol harakat qilishmoqda.

9 - Goooooooollllllll, Davron CHorievning super pasidan keyin Mashrab Odilov imkoniyatni ko'kka sovurmadi va hisobni ochdi.

8 - Sviridovning pas berishdagi xatosidan keyin vetnamliklar Rustamga qarshi 3ga bir chiqib ketishdi. Baxtimizga ular o'zlari to'pni kiperimizga berib qo'yishdi.

7 - Hozir maydonda birinchi to'rtligimiz, lekin ular orasida Dilshod Rahmatov o'rnida Ixtiyor Ropiev to'p tepmoqda.

7 - Din Hungning zarbasini Umarov urib yubordi.

5 - Davron CHoriev to'pni raqibga oldirib qo'ydi va keyin o'zi o'sha to'pni olib qo'yishni ham uddaladi.

4 - Ilhom Hamroev kutilmaganda raqib posboniga tizzasi bilan zarba berib yubordi. vetnamlik kiper shifokorlardan yordam oldi.

4 - Zarbaaa, CHorievning zarbasi qaytarildi, keyin Mashrab Odilov bergan zarba darvoza ustuniga tegdi.

3 - Bahodir Ahmedov ikkinchi to'rtlikni maydonga tushirdi.

2 - Dilshod Rahmatov keraksiz joyda o'ziga sariq kartochka tilab oldi.

1 - Ngo Ngog Sonning zarbasini Umarov qaytardi.

- Uchrashuvga start berildi. Bugun Vetnam oq, O'zbekiston ko'k rangli libosda to'p tepmoqda.

- Bizga yaxshi tanish bo'lgan ispaniyalik mutaxassis Migel Rodrigo boshchiligidagi Vetnamga qarshi bahs yarim final masalasini hal qiladi.

- Har ikki davlat madhiyalari yangradi.

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика