"Vest Xem"ning 5 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga Moyesning fikri qanday?
01 jan 2023 18:48
Yangiliklar
"Vest Xem"ning 5 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga Moyesning fikri qanday?
Jamoa ketma-ket 5 o'yindan beri g'alabaga erisha olmayapti.
"Bunday paytda jamoada bosim bo'lishi tabiiy holat. Bir yoki ikki o'yinda mag'lub bo'lsangiz, o'zingizni yomon his qilasiz, besh o'yinni esa qo'yavering. Futbol shunaqa. Buni tushunaman. "Vest Xem" yuksalishini istayman. CHunki rahbariyat ham men bilan yaxshi munosabatda, ular ham muvaffaqiyatli yo'lga qaytishni istashmoqda.
Oldingiga qaraganda yuqoriroq o'rinlarda bo'lishni boshladik, shu boisdan barchamiz shu darajani saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Biz yana ligada jon saqlab qolish uchun kurashadigan jamoa bo'lib qolishimizni istamayman. Menimcha bizga biroz ishonch etishmayapti. CHunki futbolchilar omadsiz o'yinlar sababli o'ziga ishonmay qo'ygan", - dedi Moyes.
Ayni damda "Vest Xem" APL turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda.
Fikrlar