"Vest Xem" yana bir xaridni amalga oshirdi
08 avg 2019 14:10
Yangiliklar
"Vest Xem" yana bir xaridni amalga oshirdi
Marko Arnautovichning sotuvidan so'ng ingliz klubi "Bazel" hujumchisini sotib oldi.
Bu haqda "Vest Xem" klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi. "Bazel" hujumchisi Albian Ayeti bundan buyog'iga "Vest Xem" sharafini himoya qiladi.
Tomonlar o'rtasida imzolangan bitim 2023 yil yoziga qadar amal qiladi.
Ingliz klubi bitim narxini malum qilmayapti, ammo transfermarkt transferni 11 million evroga baholagan.
22 yoshli forvard yakunlangan mavsum "Bazel" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 11ta assistga erishgan.
Fikrlar