"Vest Xem" Raysni 100 mln funtdan kamiga sotmaydi
24 fev 2021 18:23
Yangiliklar


"Vest Xem" Raysni 100 mln funtdan kamiga sotmaydi
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays transfer oynasida katta talabga ega bo'lmoqda va mavsum yakunida klubini o'zgartirishi mumkin.
London klubi 22 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan malum miqdordagi pul evaziga xayrlashishga tayyor.
Gap katta ehtimol bilan 100 million funt haqida ketmoqda. "Vest Xem" bundan kamiga o'yinchini sotmaydi.
"CHelsi" va MYU qiziqayotgan futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar