"Vest Xem" Moyes bilan shartnomasini uzaytirdi
12 iyu 2021 17:40
Yangiliklar
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes Londonda ishlashda davom etadi. Xabarga ko'ra, mutaxassis "bolg'achilar" bilan 2024 yilga qadar shartnoma tuzdi.
SHotlandiyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi iyungacha amal qilar edi.
Moyes klubni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. Jamoa bu mavsumda APLda 6-o'rinni olib, Evropa Ligasiga chiqdi.
Oldinroq Moyes "Everton"ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar