“Vest Xem” jarohatlardan boshi chiqmagan Jek Uilshir bilan shartnomani bekor qildi
06 okt 2020 08:48
Yangiliklar


“Vest Xem” jarohatlardan boshi chiqmagan Jek Uilshir bilan shartnomani bekor qildi
London klubida Jekning omadi kelmadi.
“Vest Xem” yarim himoyachi Jek Uilshir bilan amaldagi bitimni bekor qildi. 28 yoshli futbolchi vaqtida “Arsenal”dan “Vest Xem”ga o'tgandi. Futbolchi 2 yil davomida jarohatlar sabab jamoa safida atigi 19 ta o'yinda qatnashdi, xolos.
Londonliklar safini, shuningdek, 24 yoshli yarim himoyachi, klub tarbiyalanuvchisi Josh Kallen ham tark etgan. Ikkala futbolchining ham yangi jamoasi haqida malumot berilmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar