So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  6 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  0 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6

Vest Xem jahon futboliga taqdim etgan yulduzlar Yangiliklar

Vest Xem jahon futboliga taqdim etgan yulduzlar

So'nggi yillarda sharqiy London klubini grand klublar qatoriga qo'shish uchun ko'plab say-harakatlar amalga oshirildi.

Transfer oynasida sarflanayotgan katta summalar evaziga olib kelingan futbolchilar esa bu maqsadga erishish uchun ojizlik qilmoqda yoki ishonchni oqlay olishmayapti. SHu o'rinda klub akademiyasi so'ngi paytlarda oqsayotgani sir emas. Zero, bir paytlar mazkur klub maktabi jahon futboli osmonini bir qancha yulduzlar bilan boyitgandi.

«Vest Xem» tarixi bilan qiziqqanlar uchun ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan yulduzlar haqida so'z yuritamiz.

Pol Ins (klubdagi faoliyati 1984-1989)

Klub akademiyasidan etishib chiqqan Pol 1984-1989 yillar oralig'ida «hammerlar» sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi keyingi faoliyati davomida «Mancheter Yunayted», «Inter», «Liverpul» singari superklublar libosini kiyib, uzoq yillar o'zining nimalarga qodirligini isbotlagan.




Rio Ferdinand (1995-2000)

Rio klub bilan 1995 yil birinchi professional shartnomasini imzolagan. «Vest Xem» safida 127 o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. O'z potencialini to'la namoyon etgan himoyachini «Lids Yunayted» 2000 yilda rekord 18 million funt evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Ferdinand «Lids» tarkibida uzoq qolmadi. 2002 yilning yozida Ser Aleks Fergyusson Rioni o'z jamoasi safida ko'rishni xohladi. Jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi uchun 46 million evro to'landi. O'shanda Rio futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangandi. Bunga qadar franciyalik Lilian Tyuram 41,5 million evro bilan rekordchi hisoblanardi. Rio «mankunianlar» safida 2014 yilga qadar to'p tepdi. U har doim eng barqaror himoyachilardan biri bo'lib qoldi.





Frenk Lempard (1995-2001)


Tirik afsona. Frenk ham Rio Ferdinand bilan birga 1995 yil «Vest Xem»ning asosiy jamoasi tarkibiga qo'shildi va 2001 yilga qadar to'p tepdi. 148ta uchrashuvda «hammerlar» sharafini himoya qilgach, 2001 yilda 11 million funt evaziga Londonning boshqa jamoasi «CHelsi»ga ko'chib o'tdi. Lempardning «aristokratlar» tarkibida qanday mo'jizalar ko'rsatgani barchaga malum. U «CHelsi» tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi (211ta gol).





Jo Koul (1998-2003)

Jo «bolg'aurarlar» safida 126 bor maydonga tushdi va 2003 yilda Lempardning ortidan «Stemford Bridj» tomon otlandi. «Vest Xem» o'z tarbiyalanuvchisi tufayli 6,6 million funt ishlab topgandi.




Maykl Karrik (1998-2004)

Klub Mayklni 2004 yil 24 avgustida «Tottenxem»ga sotgandi. Ushbu transfer ortidan 3,5 million funt-sterling ishlab topildi. Undan keyin Karrik uzoq yillar davomida MYU safida barqaror o'ynaganidan ko'pchilik xabardor.





Jermeyn Defo (1999-2004)

«Vest Xem» safida 93ta o'yinda 29ta gol urgan Jermeynga ham «Tottenxem» qiziqib qolgandi. Natijada klub 2004 yil qishida Defoni 6 million funt evaziga sotib yubordi.





Glen Jonson (2001-2003)

Ikki mavsum davomida «Vest Xem» tarkibida 15 bor maydonga tushgan umidli angliyalik qanot himoyachisini Roman Abramovich 6 million funt evaziga sotib olgandi. Angliya terma jamoasi futbolchisi 2009/2015 yillarda «Liverpul» safida ham harakat qildi.



Ko'rinib turibdiki, 90-yillar oxirida klub akademiyasi amalga oshirgan ishlar tahsinga sazovordir. Oxir yillarda bu borada pasayish yaqqol namoyon bo'ldi. «Vest Xem» superklubga aylanmoqchi bo'lsa, dastlab o'z akademiyasi azolariga etiborni kuchaytirsa maqsadga muvofiq bo'lsa kerak. Zero, katta millionlarga xarid qilingan yulduzlar jamoasidagi sardor Mark Nobl ham aynan klub tarbiyalanuvchisidir.

Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика