So’nggi yangiliklar

12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  0 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   2 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  2 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  8 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5

Vesko Steshevich: "Nasaf" yo'q penaltidan hisobni tenglashtirdi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Nasaf" yo'q penaltidan hisobni tenglashtirdi"

Teglar :  Vesko Steshevich
"Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvidan (1:2) keyin bekobodliklar ustozi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vesko Steshevich: O'yinni yaxshi boshlab, gol urishga muvaffaq bo'ldik. Yigitlar borini berishdi, bunga shubha yo'q. "Nasaf" sifatli jamoa, ammo ular yo'q penaltidan hisobni tenglashtirishdi. Menga aytishlaricha, fol bo'lgan hudud jarima maydonchasidan yarim metr uzoqda ekan. VAR ishlayotgan bo'lsa, buni qanday iloji bor. Bu haqida boshqa gapirmoqchi emasman, ammo o'sha vaziyat natijaga tasir qildi.

- "Metallurg" 9ta bahsda 19ta gol o'tkazib, eng yomon himoya chizig'iga ega jamoa bo'lib turibdi. Himoya tartibga keltiriladimi?

- Hozir boshqa futbolchilarni jalb qila olmaymiz va himoya chizig'i ustida ishlaymiz. Ikkinchi davra va transferlar borasida biror narsa deya olmayman.

- Abror Toshqo'ziev odatda qanot himoyasida o'ynardi, bugun oldinda harakat qildi...

- Toshqo'ziev "Nasaf" markaziy himoyachisini bloklashi kerak edi va buni yaxshi bajardi. Abror charchab qolganidan so'ng uni almashtirdik.

- 1:0 hisobini ushlab qolish uchun futbolchilarga ko'rsatmalar berilganmidi?

- Albatta, gol o'tkazib yubormaslikka harakat qildik. Afsuski, o'sha penalti natijaga tasir ko'rsatdi.

- Dastlabki savolim, jamoaning tezkor goli - bu rejalarda bormidi. Ikkinchisi, Ibrohim Ibragimovning jarohati "Metallurg" o'yiniga tasir ko'rsatdimi?

- Ibragimovning jarohati tasir qildi deb o'ylayman, chunki u bilan to'pni markazda yaxshiroq saqlab turardik, golga keladigan bo'lsak, u qachon bo'lishini tanlay olmaymiz. Agar buni imkoni bo'lganida so'nggi daqiqada gol urishni tanlab, g'alabani o'zimizniki qilardik.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика