Verratti: "Meni Pirloga qiyoslashayotganidan juda xursandman""
28 apr 2015 21:50
Yangiliklar


Verratti: "Meni Pirloga qiyoslashayotganidan juda xursandman""
PSJ futbolchisi Marko Verratti o'zini Andrea Pirloning terma jamoadagi o'rinbosari sifatida ko'rishayotganidan faxrlarinishini aytib o'tdi.
"Bu men uchun katta g'urur. Andreaning faoliyati juda ajoyib o'tgan. U istalgan o'yin taqdirini hal qilib yuborishi mumkin bo'lgan kuchli futbolchilardan biri. Meni unga o'xshatishayotganidan xursandman. Inesta va Pirlo kabi futbolchilarning o'yinidan zavqlanaman. Ulardan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi", - deydi PSJ futbolchisi.

Fikrlar