Verratti: "CHempionlar Ligasidan chiqib ketishni qabul qilish qiyin, ammo PSJ buyuk "Real"ga yutqazdi"
19 may 2022 11:47
Yangiliklar
Verratti: "CHempionlar Ligasidan chiqib ketishni qabul qilish qiyin, ammo PSJ buyuk "Real"ga yutqazdi"
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti jamoaning CHempionlar Ligasidan chiqib ketgani haqida gapirdi.
Parijliklar 1/8 finalda "Real"ga taslim bo'lishdi.
"CHempionlar Ligasidan chiqib ketishni qabul qilish qiyin, ammo PSJ buyuk "Real"ga yutqazdik. Tasavvur qiling, agar biz "Bavariya"ga o'xshab "Vilyarreal"ga yutqazganimizda. Biz stadiondan chiqmasdik! Maqsadga erishish uchun hamma birga bo'lishi kerak. PSJ dunyoning eng zo'r klubi bo'lishini bilaman. SHunchaki vaqt kerak", - deydi Verratti.
"Real" va "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finali 28 mayda bo'lib o'tadi. Bahs Sen-Denidagi "Stad de Frans"da o'tkaziladi.
Fikrlar