Verner ketma-ket 10 o'yinda gol ura olmadi

Mirjalol Normatov
27 dek 2020, 10:56
"Chelsi" hujumchisi Timo Verner "Arsenal"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsata olmadi.

"Opta"ning yozishicha, so'nggi to'rt yilda Verner ketma-ket 10 bahsda raqiblari postiga yo'l topa olmayapti. So'nggi bora unda bu natija 2016 yilda qayd etilgandi.

24 yoshli Timo yozda "Leyptsig"dan "Chelsi"ga o'tgandi. U ushbu mavsumda 8 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta