Verner "Inter"ga o'tishdan bosh tortdi
25 avg 2021 21:35
Yangiliklar
Verner "Inter"ga o'tishdan bosh tortdi
Yaqinda "Inter" hujumchisi londonliklar bilan shartnoma imzolagandi.
Timo Verner Angliyada ishonchsiz mavsumni o'tkazdi va Romelu Lukakuning "CHelsi"ga kelishi bilan nemis hujumchisining tarkibda paydo bo'lish imkoniyati yanada pasaydi. Xabarga ko'ra, Verner yozgi transferlar vaqtida "Inter"ga o'tish imkoniyatiga ega bo'lgan, biroq 25 yoshli futbolchi ushbu variantdan voz kechib, "CHelsi"da qolishga qaror qilgan.
Forvard "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 55 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan hamda 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar