Verner: "Angliyaning eng yaxshi jamoasini mag'lub etdik"
18 apr 2021 12:54
Yangiliklar
Verner: "Angliyaning eng yaxshi jamoasini mag'lub etdik"
"Menimcha, Angliyaning eng yaxshi ikki jamoasi maydonda kurash olib bordi. Imkoniyatlar teng edi. Biz g'alabaga erishdik, chunki, raqibni qarshi hujumda ushlay oldik. Yakunda o'tgan o'yinlar kabi yaxshi himoyalanib, g'alabaga erishdik. Menimcha, kuchli jamoa g'alabaga erishdi.
SHunday o'yinlarda rejaning o'rni seziladi, ammo yakunda individual mahorat barchasini hal qiladi. Mana nima uchun biz g'alabaga erishdik. Ikkala jamoa ham taktik tomonlama yaxshi o'ynadi. Biz esa individual kreativ harakatlar evaziga g'olib bo'ldik.
Agarda sovrin qo'lga kiritsak, mavsumni ajoyib o'tgan deb hisoblasa bo'ladi. Angliya Kubogi finali va ECHL yarim finalida o'ynashimiz shart. Oldinga qarab intilishimiz kerak, chunki sovrinlarga ega chiqa olamiz.
Ushbu mavsum men uchun noodatiy tarzda o'tmoqda. Gollardan ko'ra, golli paslarim ko'proq. Ammo bu ham jamoaning foydasiga ishlamoqda. Bunga qarshi emasman", - dedi Verner.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar