Ventura Balotelli uchun Italiya terma jamoasi eshiklarini yopmaydi
01 iyu 2017 15:18
Yangiliklar
Ventura Balotelli uchun Italiya terma jamoasi eshiklarini yopmaydi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura San-Marino ustidan qozonilgan g'alabadan (8:0) so'ng milliy jamoaga "Nicca" hujumchisi Mario Balotelli chaqirilishi haqidagi savolga javob berdi.
"Balotellining o'yinini ko'rmadim, u yaxshi ko'rinayotgan edi. Hech kim uning saviyasiga shubha bilan qaramayapti, ammo terma jamoaga qaytish uchun faqat gollar etarli emas.
Ammo jahon chempionatigacha bir yil bor, eshiklar hamma uchun ochiq. Mario mavsum davomida yaxshi taassurot qoldirdi, hali bu haqida gaplashamiz" - deydi Ventura.
Mario Balotelli Franciya chempionatining yakunlangan mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.
Fikrlar