
"To'g'risini aytish kerak. "Barselona", "Bavariya" va qolgan klublar o'rtasida juda katta farq bor. "Manchester Siti" kabi jamoalar hali ko'p ishlashi kerak. Bu uzoq muddat davom etadigan jarayon. Biz bitta uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkin, ammo bir maromda o'yin ko'rsatish uchun o'sish lozim. Bu mavsum chorak finalda birorta ham ingliz jamoasi yo'q. Bunaqasi bo'lib turadi. Kelasi mavsumda ular 4ta bo'lishi mumkin" - deydi Kompani.