Venger yangi Anrini kuzatmoqda
03 fev 2017 04:31
Yangiliklar
Venger yangi Anrini kuzatmoqda
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger “Monako”ning yosh hujumchisi Kilian Mbappening o'yinidan hayratda.
“Mbappe albatta, Anrining aynan “nusxa”si emas. Ammo u potencial jihatdan Terriga juda o'xshash. Agar o'z darajasini 2-3 yil davomida bir maromda saqlay olsa, yangi Anriga aylanishi mumkin.
18 yoshli Mbappe “Monako” tarixida asosiy tarkibda debyut qilgan eng yosh futbolchi hisoblanadi ( 2015 yilning 2 dekabrida). SHuningdek, u “monegasklar” safida gol urgan eng yosh futbolchi bo'lib, bu borada u Anrining rekordini yangilagan. Kuni kecha Franciya kubogi bahslarida Mbappe bitta gol urish bilan birga to'pga assistentlik qildi.
Joriy mavsumda u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urgan va beshta golga hammualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar