Xoland APLda o'ynashiga Vengerning ishonchi komil
03 sen 2021 16:20
Yangiliklar
Xoland APLda o'ynashiga Vengerning ishonchi komil
"Arsenal" sobiq murabbiyi Arsen Venger Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini APLda davom ettiradi deb hisoblamoqda.
"APL etakchilik qilmoqda, sababi u erda eng ko'p pul bor, eng yaxshi o'yinchilar ko'proq pul ishlashga harakat qilishadi. Xoland Mbappedan keyin eng katta ikkinchi hujumchi bo'ladi. Uning maqsadi gollar urish. Bu hujumchi uchun ajoyib tarzda mos keladigan sifat", - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, Xoland 2020 yildan beri "Borussiya" tarkibida o'ynaydi.
Kelasi yilda uning shartnomasida 75 million evrolik tovon puli amal qilishni boshlaydi.
Fikrlar