Venger: "Xar qanday murabbiy Sanchesdek futbolchi haqida orzu qiladi"
05 jan 2015 07:43
Yangiliklar


Venger: "Xar qanday murabbiy Sanchesdek futbolchi haqida orzu qiladi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Kubogi uchinchi bosqichida "Xall Siti" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z jamoasining o'yini haqida fikr bildirib o'tdi.
"Biz o'z imkoniyatlarimizga jiddiy etibor berishimiz kerak. Bugun bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Asosiysi, "Xall" gol urishiga imkon bermay, kerakli vaqtda raqib darvozasini aniq nishonga olganimiz.
Sanches bugun yaxshi ishladi, u raqib himoyachilarini tez-tez xato qilishga majbur qildi. Bunday futbolchi - xar bir murabbiy orzusi, chunki u doimo o'ynashni xohlaydi va o'z faolligi bilan jamoasiga ustunlik taqdim etadi" - deydi Venger.

Fikrlar