Venger va Mourino janjal uchun jazolanishmaydi
06 okt 2014 16:06
Yangiliklar


Venger va Mourino janjal uchun jazolanishmaydi
Angliya futbol associaciyasi (FA) premer-liganing ettinchi turida "Arsenal" va "CHelsi" bosh murabbiylarining janjali uchun ularni jazolamaydi.
O'yin vaqtida bosh hakam Martin Atkinson Venger va Mourinoga og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi, shu sababli FA bu vaziyatni boshidan ko'rib chiqmaslikka qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, birinchi bo'lim o'rtalarida Gari Kexill tomonidan Aleksis Sanchesga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin, Venger Mourino turgan texnik zonaga yaqinlashib kelib, portugaliyalik mutaxassisni ikki bora turtadi.

Fikrlar