Venger: "Superliga dam olish kunida bo'lishi kerak"
11 may 2018 19:11
Yangiliklar
Venger: "Superliga dam olish kunida bo'lishi kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger yaqin orada Evropaning top-jamoalaridan iborat Superliga tashkil etilsa hayron bo'lmasligini aytdi.
"Yaqin yillarda top-jamoalarning Superligasi bo'lishiga ishonaman. Katta jamoalar katta o'yinlarni yaxshi ko'rishadi. Odamlar yuqori saviyali ikki jamoaning to'qnashuvini ko'rishni istashadi va shundan foyda qilsa bo'ladi. Superliga ham dam olish kunida bo'lishi kerakligi yaxshiroq.
SHu orqali milliy chempionatlar chorshanba va payshanba kuniga o'tkaziladi. Bu esa ECHLda qatnashadigan APL jamoalariga halaqit qilmasa kerak.
Agarda har haftada "Real" - "Barselona", "Real" – "Arsenal" yoki "Manchester Yunayted" – "Bavariya" kabi bahslar bo'lib tursa, futbol audioriyasi yanada oshardi", - dedi Venger.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar