Venger Sterlingning yiqilishi haqida: "Bu penalti emas. Nega VAR'dagi yordamchilar hakamdan monitorga qarashni so'rashmadi?"
08 iyu 2021 11:01
Yangiliklar
Venger Sterlingning yiqilishi haqida: "Bu penalti emas. Nega VAR'dagi yordamchilar hakamdan monitorga qarashni so'rashmadi?"
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Evro-2020 1/2 finali doirasidagi Angliya - Daniya (2:1) o'yinida ishlagan hakamlarni tanqid qildi.
Qo'shimcha taymlarning birinchisida Sterlingning qulashidan so'ng hakam penalti belgiladi.
"Bu penalti emas. Nega VAR yordamchilari hakamdan monitorga qarashni so'rashmadi? Bunday vaziyatda hakam penalti qo'yishga to'liq o'ziga ishongan bo'lishi kerak. Bu penalti emas deb o'ylayman", - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, Angliya finalda penaltilar seriyasida Ispaniyadan ustun kelgan Italiya bilan o'ynaydi.
Fikrlar