Venger: "Penalti o'yinni o'zgartirib yubordi"

Mirjalol Normatov
10 may 2018, 10:51
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APLning qoldirilgan uchrashuvida "Lester"ga mag'lub bo'lganidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik deb hisoblayman. "Arsenal" 10 kishi bo'lib ham yuta olardi, biroq 11 metrlik jarima barchasini o'zgartirib yubordi. Qizil kartochka borasida shubha bor, biroq biz vaziyatni tenglashtira olgandik. Ko'rsatgan irodasi uchun shogirdlarimni maqtashga haqqim bor", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com