Venger nafaqaga chiqsa nima bilan shug'ullanishini bilmaydi
17 may 2015 11:10
Yangiliklar


Venger nafaqaga chiqsa nima bilan shug'ullanishini bilmaydi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyatini yakunlaganidan so'ng nima bilan shug'ullanish haqida o'ylab ko'rgani yo'q.
65 yoshli francuzning "to'pchilar" bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan.
"Bazida ser Aleks Fergyuson kun davomida nima bilan shug'ullanar ekan deb o'ylab qolaman. Ammo u nafaqada baxtlidek ko'rinyapti. Uni omadi bor, chunki u otlarni yoqtiradi va vaqtini jonivorlar bilan o'tkazishi mumkin. Menga ham jonivorlar yoqadi, chunki men fermerman, ammo ot choptirishga bormayman. Bolaligimda ot minar edim, lekin hozir bunga belim yo'l qo'ymaydi" - deydi Venger.

Fikrlar