Venger: “Mbappening uyiga borgandim”
18 fev 2021 19:30
Yangiliklar


Venger: “Mbappening uyiga borgandim”
“Arsenal” sobiq murabbiyi Arsen Venger Kilian Mbappe “Monako”da bo'lgan vaqt u bilan uchrashganini esladi.
“Mbappening uyiga borgandim, u “Monako” bilan shartnomani uzaytirish borasida bir qarorga kelolmayotgan edi. U “Arsenal”ga erkin agent sifatida o'tishi mumkin edi. Menimcha, har qanday klubda bu kabi voqealar ko'p bo'lgan, “Milan”, “Manchester”, “Arsenal”, “CHelsi”...”, deydi Venger.
Malumot o'rnida, Mbappe 2013-2015 yillar “Monako” akademiyasida bo'lgan, keyin asosiy jamoaga o'tib, 2017 yil 180 mln evro evaziga PSJga transfer qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar