Venger: "Hisobga etibor bermang"
27 apr 2018 10:09
Yangiliklar
Venger: "Hisobga etibor bermang"
"Hisobga qaramang. O'yinimizga etibor bering, istalgan vaqtda gol ura olardik. Biz o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta oldik, biroq hisob bizning foydamizga bo'lmadi.
Bugun raqib himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilgandik va shu boisdan ko'proq vaziyat yaratishga intildik. 1:0dan keyin uzun paslar orqali imkoniyatlar yarata oldik. Biroq ularning bittasidan foydalana oldik. Raqib jamoa esa faqatgina bir vaziyatidan, ustiga ustak mehmonda gol urib ketgani yomon tasir qildi.
Men uchun Oblak Evropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Bugun u buni ko'rsata oldi. 1:0dan keyin gol urishimiz kerak edi, 5 daqiqa ichida ko'plab vaziyat yaratdik. "Atletiko"da Evropaning eng yaxshi himoyachilari bor. Birinchi bo'lim davomida raqiblarga imkoniyat bermadik.
Muxlislarimiz fantastik darajada qo'llab-quvvatlashdi. O'yinimiz bilan ularning ishonchini oqlay oldik deb o'ylayman", - dedi Venger.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar