Venger: "Bir necha marta "Real" taklifini rad etganman"
14 fev 2019 18:45
Yangiliklar


Venger: "Bir necha marta "Real" taklifini rad etganman"
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger unga "Real" taklif bildirgani haqida aytib berdi.
"Bir necha marta "Real"ga yo'q deganman. Boshqa har qanday murabbiy taklifga rozi bo'lardi, bu dunyodagi eng yirik klub.
"Real"ga rad javobini berganimda "Arsenal" endi o'sayotgan edi. Biz yangi stadion qurdik va pullarni qaytarishimiz kerak edi. Rahbariyatga qolishni vada bergandim va qarorimdan afsuslanmayman" - deydi Venger.
Venger 1996-2018 yillarda "Arsenal"ni boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar