Venger: "Arsenal"da 22 yil ishlash, mening asosiy xatoim bo'lsa kerak"
17 iyu 2018 16:24
Yangiliklar
Venger: "Arsenal"da 22 yil ishlash, mening asosiy xatoim bo'lsa kerak"
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o'zining asosiy xatosi haqida gapirdi.
"Asosiy xatoim? Bir klubda 22 yil ishlash bo'lsa kerak. Men bir joyda o'tirishni yoqtirmaydigan odamlar safiga kiraman, biroq chaqiruvlarni ham xush ko'raman. Men o'z chaqiruvimning qurboniga aylanib qoldim.
Kimning oldida o'zimni aybdor deb his qilyapman? Men tufayli jabr chekkan hammani. Bir qaror qabul qilsam, u kimlarnidir xursand qilsa, boshqalarning kayfiyatini buzadi. 25 kishilik tarkib bilan ishlash - har hafta ularning 14 nafarini ishsiz qoldirishdir. Iqtidorini ocha olmagan futbolchilar oldida ham o'zimni aybdor deb o'ylayman" - deydi Venger.
Venger 1996-2018 yillarda "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
Fikrlar