Venger: "Arsenal" odamlar yana xato qilganini isbotladi"
29 okt 2017 15:08
Yangiliklar


Venger: "Arsenal" odamlar yana xato qilganini isbotladi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 10-turida "Suonsi Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.
"To'pchilar" franciyalik mutaxassis qo'l ostida Angliya chempionatidagi 800-o'yinni o'tkazishdi.
"Biz yana iroda ko'rsatdik, jamoa busiz o'yinga qaytib, g'alaba qozona olmagan bo'lardi. Biz odamlar yana xato qilganini isbotladik. Bu natija jamoani kuchaytirishi kerak. Irodali g'alabalar juda muhim, chunki ular kuchingizga bo'lgan ishonchni oshiradi" - deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar