Venger: "3:0 dan keyin "Arsenal" futbolchilari o'yindan uzilib qolishdi"
05 noy 2014 17:22
Yangiliklar


Venger: "3:0 dan keyin "Arsenal" futbolchilari o'yindan uzilib qolishdi"
"Arsenal" bosh murabbiy Arsen Venger "Anderlext"ga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan so'ng o'z jamoasi futbolchilari haqida so'zlab o'tdi.
"Mehmonlar ohirigacha kurashishdi, biz esa so'nggi daqiqalarda himoyada yomon o'ynadik. Biz o'zimizga ishonmagandik va buning oqibatida jazolandik. Futbolchilarimiz 3:0 dan keyin vazifa bajarildi deb o'ylab o'yindan uzilib qolishdi. Bundan tashqari, charchoq ham halaqit berdi.
Balki raqibga etarlicha baho bermagandirmiz. Bu CHempionlar ligasi va xar bir o'yinga o'zgacha tayyorgarlik ko'rish kerak.
"Anderlext" - juda yaxshi jamoa. Ular ko'pchilik o'ylagandan ko'ra kuchliroq. O'z darajasida o'ynaganlardan biri Sanches bo'ldi. U tufayli bizning barcha gollarimiz amalga oshdi. Himoyada juda yomon o'ynadik. Hammasi ikkinchi bo'limda boshlandi va biz ikki ochko yo'qotdik" - deydi Venger.

Fikrlar