Vaziyat jiddiy tus olmoqda! "Liverpul" Koutino familiyasi tushirilgan futbolkalar sotuvini to'xtatdi

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2018, 11:28
"Liverpul" klubi yarim himoyachi Filippe Koutinoning futbolkalari sotuvini to'xtatdi.

Bu haqda Ian Doyl ismli jurnalist o'zining tvittyerdagi sahifasida xabar qildi. Koutino familiyasi va raqami tushirilgan futbolkalar "qizillar" fanshopidan olib qo'yilgan.

Katta ehtimol bilan bu narsa braziliyalikning "Barselona"ga transferi bilan bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/IanDoyleSport