So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o'zbek klublari yana davlatga qaytarildi Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o'zbek klublari yana davlatga qaytarildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Bunyodkor" va "Paxtakor" futbol klublarining davlat ulushi Toshkent shahar hokimligiga o'tdi va har ikki klub bosh homiylari sifatida ham shahar hokimiyati ko'rsatildi

Xuddi shunday holat "Dinamo" va "Navbahor"ga ham tegishli. Ularda ham har ikki ustunda viloyat hokimliklari ko'rsatilgan.

SHuningdek, "Neftchi", "SHo'rtan" va "Surxon" klublarining davtlat ulushi ham viloyat hokimliklariga o'tadi. Ammo homiy sifatida ularga mos ravishda FNQIZ MCHJ, Hududgaztaminot AJ hamda O'zbekgidroenergo AJ biriktirilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qo'shimchasiga "Nasaf"ni SHo'rtan gaz kimyo kompleksi MCHJga, AGMKni Olmaliq KMK AJga, "Buxoro"ni BNQIZ MCHJga, "Lokomotiv"ni O'zbekiston temir yo'llari AJga, "Metallurg"ni O'zmetkombinat AJga, "Mashal"ni O'zbekneftgaz AJga qaytaradi.

Avvalroq mazkur 13 ta klub Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qabul qilingan bo'lib, keyinchalik agentlik bu klublarni sotishi kerakligini belgilangandi. Biroq OFK barcha klublar bir tashkilotga tegishli bo'lishi mumkin emasligi bayon etilgan Licenziyalash reglamenti bilan bunga qarshi chiqdi. SHundan kelib chiqib, VM professional futbol klublari ustav kapitalidagi davlat ulushi va xo'jalik jamiyatlarining ulushlarini balans qiymatiga oshirish hisobiga berilishi va keyinchalik belgilangan tartibga sotilishi bo'yicha qaror chiqardi. Yani, 2030 yilga qadar bu 13 klub baribir sotib ulgurilishi kerak", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida. 

Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика