Vaxid Xalilxojich: "Yaponiya terma jamoasi sababli bir qancha klublar taklifini rad etdim"
13 mar 2015 18:11
Yangiliklar

Vaxid Xalilxojich: "Yaponiya terma jamoasi sababli bir qancha klublar taklifini rad etdim"
Yaponiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Vaxid Xalilxojich ushbu terma jamoani boshqarish uchun bir qancha klublar taklifini rad etganini aytib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, yaponlarni JCH-2018ga tayyorlash uchun biroz vaqt zarur bo'ladi.
"Men Yaponiya terma jamoasini boshqarish uchun boshqa bir qancha takliflarni rad etdim. Bundan judayam xursandman. Masuliyatni his qilib turibman, ishonchim komilki, hali ko'p narsaga erishamiz. So'nggi vaqtlarda terma jamoaning natijalari bir oz pasaydi. Ammo, men terma jamoani asl holiga qaytarmoqchiman.
Jazoir terma jamoasini ham qabul qilib olganimda, ular ham deyarli shunga o'xshash vaziyatda edilar. Ammo, bir oz vaqt, kuch va sabr muvaffaqiyatga erishishimiz uchun etarli bo'ldi. O'ylaymanki, Yaponiya terma jamoasi bilan ham muvaffaqiyatga erisha olamiz", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya terma jamoasi 27 mart kuni Tunisga qarshi maydonga tushsa, 31 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi kunchiqar yurt vakillariga raqiblik qiladi.

Fikrlar