Vatcke: "Roy uchinchi turda maydonga tushsa kerak"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016, 17:12
Dortmundning "Borussiya" ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke jamoa yarim himoyachisi Marko Roysning safga qaytish muddati haqida fikr bildirdi.

"Biz Roysga safga qaytishi uchun ko'proq vaqt ajratib berishimiz mumkin. Marko uchinchi turda maydonga tushsa kerak. Roys - "Borussiya" yetakchisi. Bu futbolchi juda ko'p marotaba bizga 1:0 hisobidagi g'alaba olib kelgan. Yangi mavsumda ham undan yaxshi natijalar kutyapmiz" - deydi Vatcke.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1