Vaskes Qatar klubidan taklif oldi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2020, 23:54
"Real" yarim himoyachisi jamoani tark etishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi Qatar klubidan katta taklif oldi. Ispaniyalik o'ylab olish uchun vaqt berishlarini so'ragan.

Lukasga Yevropada "Tottenxem" va "Napoli" tomonidan qiziqish mavjud.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan agar klubga munosib taklif kelib tushsa, Vaskesning ketishiga qarshi emas. 

Vaskes o'tgan mavsum La Ligada 18 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca