Vardi: "Manchester Siti" "Lester Siti"ga qarshi qanday o'ynashining farqi yo'q"
06 fev 2016 16:33
Yangiliklar


Vardi: "Manchester Siti" "Lester Siti"ga qarshi qanday o'ynashining farqi yo'q"
"Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi "Manchester Siti"ga qarshi APLning 25-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Qiyin bo'lishini bilamiz. "Siti"da jahon darajasidagi futbolchilar ko'p, ammo "Lester" har qanday raqibga muammo tug'dira oladi. Manchesterdan g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz. "Siti" bizga qarshi qanday o'ynashining farqi yo'q. Ular uyda o'ynashadi va hujum qilishadi, ammo hammasi o'zimizga bog'liq. Biz o'z o'yinmizni ko'rsatib, "Lester" g'alabaga haqli ekanligini isbotlashimiz kerak" - deydi Vardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar