Vardi jo'ja boqadi. U pingvin sotib olmoqchi ham bo'lgan
13 mar 2022 22:56
Yangiliklar
Vardi jo'ja boqadi. U pingvin sotib olmoqchi ham bo'lgan
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi pingvin sotib olmoqchi bo'lganini aytdi.
"Bilaman, bu g'alati tuyuladi, lekin men pingvinlar haqida malumot o'rganib, bog'im uchun bittasini sotib olmoqchi edim.
Ular juda yoqimli. Lekin hali ularni xarid qilmaganman.
Surishtiruv jarayonida men jirafa va boshqa ekzotik hayvonlarni qanday qilib qonuniy ravishda sotib olishingiz mumkinligini bilib oldim", — dedi Vardi. Hozirda futbolchining to'rtta iti va 11 jo'jasi bor.
Fikrlar