Vardi jo'ja boqadi. U pingvin sotib olmoqchi ham bo'lgan

Оқил Абдубарноев
13 mar 2022
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi pingvin sotib olmoqchi bo'lganini aytdi.

"Bilaman, bu g'alati tuyuladi, lekin men pingvinlar haqida ma'lumot o'rganib, bog'im uchun bittasini sotib olmoqchi edim.

Ular juda yoqimli. Lekin hali ularni xarid qilmaganman.

Surishtiruv jarayonida men jirafa va boshqa ekzotik hayvonlarni qanday qilib qonuniy ravishda sotib olishingiz mumkinligini bilib oldim", - dedi Vardi. Hozirda futbolchining to'rtta iti va 11 jo'jasi bor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun