Varan uch haftaga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2017, 11:29
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin uch hafta ichida himoyachi Rafael Varanni maydonga tushira olmaydi.

Fransiya terma jamoasi futbolchisi "Valensiya"ga qarshi LaLiganing 16-tur uchrashuvida jarohat oldi. Futbolchi 73-daqiqada almashtirildi. Varan yana bir marotaba tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak bo'ladi.

Futbolchi joriy mavsumda LaLiganing 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS