Varan Evro-2020'dan so'ng "Real"ni tark etadi
18 iyu 2021 21:05
Yangiliklar
Varan Evro-2020'dan so'ng "Real"ni tark etadi
Franciya himoyachisi Rafael Varan 2020 yilgi Evropa chempionati tugagandan so'ng "Real"dan ketishini elon qiladi.
Manbada aytilishicha, 28 yoshli futbolchi 2022 yilning yozigacha imzolangan shartnomaning yakunlanishini kutmasdan, shu yilning yozida klubini o'zgartirmoqchi.
O'tgan mavsumda Varan "qaymoqranglilar" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 11 iyul kuni yakuniga etadi.
Fikrlar