So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

VAR aralashib uch bor penalti qo'yilgan “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yini haqida Yangiliklar

VAR aralashib uch bor penalti qo'yilgan “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yini haqida

Teglar :  Navbahor Lokomotiv
14 mart kuni O'zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlari start oldi. Turning dastlabki o'yini Toshkentda “Lokomotiv” – “Navbahor” jamoalari o'rtasida kechdi.

Uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etildi va namanganliklar chempionatdagi ilk g'alabalarini qo'lga kiritishdi. Ushbu o'yin haqida biroz so'z yuritamiz.

SHunchaki bir tasodif


“Lokomotiv” jamoasining uy uchrashuvlariga birinchi marta borishim. Stadionga kirib jurnalistlar uchun ajratilgan maxsus joyga chiqayotganda yo'lakdagi devorlarga osib qo'yilgan suratlarga qaradim. Unda jamoaning o'tmishidagi sovrinlar, o'ynagan futbolchilarning rasmlari bor. Aynan mazkur uchrashuvdagi toshkentliklarning raqib jamoasi – “Navbahor”ni ushbu mavsumga 3 oy davomida tayyorlab, taqdimot marosimida jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo'yilganini elon qilgan va shunga yarasha o'ynashga harakat qilishni aytib o'tgan ayni vaqtdagi sobiq murabbiy No'mon Hasanovning surati turibdi. Aynan ushbu murabbiy 1-turdan keyinoq murabbiylik o'rnini bo'shatib qo'ygan edi. Uning “Loko”da o'ynagani men uchun yangilik bo'ldi. 14 mart kungi o'yinda esa u bosh murabbiy sifatida sobiq jamoasiga qarshi ishlamadi.




VAR va penalti hal qilgan 1-bo'lim haqida

Uchrashuv start olganidan so'ng namanganliklar oldinga borishdi asosan. “Lokomotiv” ham o'yinni yomon boshlamadi. Bir necha bor uzoqdan zarbalar, xavfli bo'lmagan hujumlar ikki jamoada ham bo'lib turdi. O'yinning 9-daqiqasida "Navbahor" jamoasi hujum uyishtirdi. Mirzohid G'ofurov raqib jarima maydoni ichida Diyor Turopov bilan to'p uchun kurashda yiqilib tushdi. O'sha lahzada bosh hakam o'yinni davom ettirishga ruhsat berdi. Lekin keyinroq hakamlar VARga murojaat qilishdi. Penalti! Azimjon Ahmedov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. SHundan so'ng “Lokomotiv” hujumlar shturmini oshirdi. Uzoqdan zarbalar berish murabbiyning ko'rsatmasi bo'lsa kerakki, Diyor Turopov bir necha bor o'z omadini sinab ko'rdi.

Birinchi bo'limning 34-daqiqasida Davron Hoshimov hamda Islom Qobilov “Navbahor” jarima maydonchasi ichida to'qnashdi. SHu chog'da ham Zokir Qodirov hushtagi yangramadi, toki VAR unga xabar bermaguncha. Penalti! Uni G'ulomhaydar G'ulomov amalga oshirdi va hisob 1:1. O'yinning dastlabki bo'limida boshqa aytarli xavfli hujum bo'lmadi.




Birinchisidan ham qiziqarli ikkinchi bo'lim haqida


2-bo'lim yanada shiddatkor boshlandi. Ayniqsa, “Lokomotiv” azolari bir necha bor hujumlar uyushtirishdi. Biroq hujumlarning xavfliligi borasida namanganliklar yaxshi foydali ish koeffisitentiga ega edi. 62-daqiqada namanganliklar oldinga borishdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Komilov qaytardi, qaytgan to'pni Isoqjonov darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib qaytdi. O'yinning bahsli holatlaridan biri oradan 7 daqiqa o'tgach bo'ldi. “Navbahor” burchak to'pini amalga oshirgach to'p “Lokomotiv” futbolchisi Sadriddin Abdullaevning qo'liga tegdi. Muxlislar ham, futbolchilar ham bu erda penalti borligini aytishdi. Bosh hakam yana bir bor VARga murojaat qildi. Takroriy lavhalarda ko'rindiki anchagina bahsli holat. Ha, “So'g'diyona” – “Turon” o'yini kabi to'p futbolchining boshiga tekkani yo'q, haqiqatan ham qo'l bilan o'yin bo'lgan. Biroq bu penaltiga tortishi yoki yo'qligi borasida anchagina muhokama qilsa bo'ladi. Zokir Qodirov penalti belgiladi, uni Azimjon Ahmedov amalga oshirdi, ammo Javohir Ilyosov jamoasini goldan bartaraf etdi. SHunday bo'lsa-da, oradan hech qancha vaqt o'tmay “Navbahor”ning tojikistonlik futbolchisi Ehzoni Panshanbe gol urdi. Slavisha Stoyanovich tomonidan uzatilgan to'pni Rashidxonov qaytarishga urindi, jarima maydoni ichidan Ehsoni burama zarba bilan chiroyli gol urdi. O'yin yakuniga qadar toshkentliklar bir necha bor oldinga o'tib, hujum qilishdi, biroq ularning hech biri gol bilan tugamadi. SHunday qilib, O'zbekiston Superligasining 2021 yilgi mavsum 2-turida “Navbahor” “Lokomotiv” ustidan g'alabaga erishdi. Bu Namangan klubi uchun 11 yillik tanaffusdan keyin Toshkentda “Lokomotiv” ustidan qozonilgan ilk g'alaba edi.

Murabbiylar fikri

Video. Mikael Sekeyra: "VAR bilan bog'liq to'xtalishlar hisobiga o'yinimiz yaxshi chiqmadi"         

Video. Viktor Jalilov: "Faqat penaltidan emas, o'yindan ham gol ura olishimiz mumkinligi meni xursand qildi"      




Fanatizm haqida

Fanatizm, muxlislik – zo'r narsa. Futbol bu uchun ajoyib sport turi. Biror jamoaning muxlisi bo'lgan kishi uni qanchalik sevishini so'zlari, amallari bilan ko'rsatadi. Biroq o'sha so'z va amallar qanaqa ekanligi boshqa mavzu. Namangandan Toshkentga tashrif buyurgan muxlislar soni Toshkentdan stadionga kelgan muxlislarga qaraganda ko'p edi. Har qalay, menga shunday ko'rindi, adashgan bo'lsam mazur tutasiz. O'yinda VAR bo'lishi bir necha bor takrorlandi. Biroq shunday bo'lsa ham hakamni so'kish bu emociya, yoki yillar davomida o'rganib qolingan odat. O'yin oxirrog'ida Milliy Gvardiya xodimlari bir qator bo'lib muxlislarning oldida turishdi. Boshqa joyda esa bu narsa ko'rinmadi. “Navbahor” muxlislarini O'zbekistondagi birinchi raqamli muxlislar, deyish bir tomondan to'g'ri. Ular o'z suyuklilari uchun kuyunishadi, qo'llab-quvvatlashadi. Emociyani esa biroz tortib turish insoniy faktor. Biz shunchaki chiroyli futbol va samimiy muxlislik tarofdorimiz. Salomat bo'ling!




Og'abek Samisov









Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика