Vanda Nara: "Ikardi maydonga tushishga tayyor, hammasi murabbiyga bog'liq"
01 apr 2019 13:13
Yangiliklar


Vanda Nara: "Ikardi maydonga tushishga tayyor, hammasi murabbiyga bog'liq"
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini Vanda Naraning so'zlariga ko'ra, uning turmush o'rtog'i maydonga tushishga tayyor.
"Mauro maydonga tushishga tayyor, hammasi murabbiyning qaroriga bog'liq. Mauro hozircha bu vaziyat borasida hech narsa degani yo'q. Mauro maydonga tushishni xohlayapti.
"Lacio"ga qarshi bahsda kameralar bir necha bor uning yuzini ko'rsatishdi. U jamoa uchun qayg'urayotgani ko'rinib turibdi.
Maurodek futbolchi mish-mishlarga ko'nikib qolgan, ammo u bor etiborini gol urib, "Inter"ga yordam berishga qaratgan" - deydi Nara.
Eslatib o'tamiz, Ikardi so'nggi bor "Inter" safida 9 fevral kuni "Parma"ga qarshi bahsda maydonga tushgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar