Van Persi: "Manchester Yunayted" yana trasferlarga katta mablag' sarflaydi"
08 iyu 2015 13:14
Yangiliklar


Van Persi: "Manchester Yunayted" yana trasferlarga katta mablag' sarflaydi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persining takidlashicha, mankunianlar yozda yangi futbolchilar uchun katta mablag' sarflaydi.
"O'tgan yili "Yunayted" yangi futbolchilarga 200 mln. funt ishlatgan va bu yozda ham shu ahvol qaytariladi. Kelasi mavsumda iloji boricha ko'proq o'yin o'tkazmoqchiman. Hozir o'zimni har doimgidanda yaxshi his qilyapman. Qancha ko'p uchrashuvda maydonga tushsam, Evro-2016ga shunchalik tayyor bo'laman. Kelajagimga keladigan bo'lsak, vaziyatga to'g'ri baho berishim kerak" - deydi van Persi.

Fikrlar