Van Gal: "Senegal Manesiz qoldi, biz esa Depaysiz"
21 noy 2022 14:29
Yangiliklar
Van Gal: "Senegal Manesiz qoldi, biz esa Depaysiz"
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal 21 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Senegal bilan o'yindan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.
"Ular Afrika chempioni, bizga oson bo'lmaydi. Ha, Sadio Mane safdan chiqdi, ammo biz ham Memfis Depaysiz qolganmiz.
Men Manening muxlisiman. "Manchester Yunayted"ga murabbiylik qilganimda, u bilan shartnoma imzolashga harakat qilganman. U Senegalga etishmaydi, lekin biz ham ko'p gol uradigan va assistentlik qiladigan futbolchini sog'inamiz.
Men asosiy tarkibda kim bo'lishini allaqachon aniqlab bo'ldim. Bu qiyin emasdi. 2014 yilda hozirgidan kuchsizroq jamoa bilan uchinchi o'rinni egallagandik. Ishonamanki, biz Jahon chempionligini qo'lga kirita olamiz", – dedi van Gal.
Eslatib o'tamiz, "A" guruhi 1-turi doirasidagi Senegal – Niderlandiya uchrashuvi bugun 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar