Van Gal: "Runi nega gol urmayotganini o'zidan so'rang"
17 okt 2015 10:10
Yangiliklar
Van Gal: "Runi nega gol urmayotganini o'zidan so'rang"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa sardori Ueyn Runining kam gol urayotganidan havotirda.
Hujumchi bu mavsumda APLning 7ta uchrashuvida bor-yo'g'i 1ta gol urdi.
"Ha, havotirdaman. "Everton" bilan o'yinda nimadur o'zgarishi mumkin. U so'nggi vaqtlarda nega gol urmayotganini bilmayman, bu haqda Runining o'zidan so'rang. Mening murabbiy sifatidagi vazifam - raqib o'yinini tahlil qilish va futbolchilarimga ularning himoyasidan qanday o'tish borasida maslahat berish.
Ueyn - bizning sardor, uning jamoaga tasiri boshqa futbolchilarnikidan yuqoriroq. U men uchun, jamoadoshlari, hammamiz uchun juda muhim. Runi ikkinchi hujumchi bo'lib o'ynaydi. Ko'ramiz nima bo'lar ekan, u boshqa poziciyalarda ham o'ynay oladi" - deydi van Gal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar